"Real" o'tgan yozda braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi o'zida saqlab qolishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, madridliklarning xohishiga qaramay, "Manchester Yunayted" qo'ng'iroq qilganida, yarim himoyachi bu taklifni qabul qilib, "Real"dan ketishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, Kazemiro "mankunianliklar"dan tashqari boshqa jamoaga o'tishga yaqin emas edi.
Eslatib o'tamiz, Kazemiro 2013 yildan 2022 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan. Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" bilan birgalikda besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va uch marta Ispaniya chempioni bo'ldi.
31 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.