FIFAning 2022 yilning eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada kim qancha ovoz to'plagani ma'lum bo'ldi.
"The Best" sovrinini qo'lga kiritgan Argentina terma jamoasi posboni Emiliano Martines 26 ball jamg'ardi. U ikkinchi o'rindagi «Real» va Begiya terma jamoasi darvozaboni 6 ochkoga ortda qoldirdi.
So'rovnoma natijalarini tahlil qiladigan bo'lsak, terma jamoalar murabbiylari so'rovnomasida eng ko'p ovozni Kurtua to'plagan — 583 ball. Martines esa 551 ochko jamg'argan. Terma jamoalar sardorlari so'rovnomasida esa ovozlar deyarli teng bo'lgan: Martines — 557, Kurtua — 556. Jurnalistlar va muxlislarning ovozlarida Emiliano ko'proq ball to'plagani uchun yakunda sovrinni qo'lga kiritdi.
Marokash terma jamoasi va "Sevilya" darvozaboni Yassin Bunu esa 14 ball bilan kuchli uchlikka kirdi.