"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining 23-turida "Almeriya" bilan o'yinda (0:1) olgan jarohati tufayli "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim finalining birinchi o'yinini o'tkazib yuboradi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
"Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv 2 mart kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Manbaga ko'ra, polshalik hujumchi ikki haftani o'tkazib yuboradi va 19 mart kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionatida "Real"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi mumkin.
Joriy mavsumda hujumchi 31 ta o'yinda 25 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.