"Milan" va Turinning "Yuventus" klubi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo "Real"ga amalga oshmay qolgan transfer haqida gapirdi.
"2006 yilgi jahon chempionatidan keyin "Milan" qiyin ahvolga tushib qoldi. O'shanda "Real"ga o'tish imkoniga ega bo'ldim. Transfer uchun deyarli hammasi amalga oshirildi, bosh murabbiy bilan kelishib oldim. Lekin yakunda "rossonerilar" shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi va men qoldim. Shundan so'ng biz Chempionlar ligasi va A Seriyada birga g'alaba qozondik. Taqdir shunday bo'ldi", - dedi Pirlo Relevo bilan suhbatda.
Pirloning futbolchilik faoliyatidagi so'nggi klubi Amerikaning “Nyu-York Siti” klubi bo'lgan. Andrea 2017 yilda faoliyatini yakunlagan.