Marca nashri o'z o'quvchilaridan Anxel Korreaning «Real»ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani haqida so'radi.
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi La Liganing 23-turida (1:1) Madrid derbisining 64-daqiqasida «qaymoqranglilar» himoyachisi Antonio Ryudigerni turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Ovoz berishda 39 mingdan ortiq foydalanuvchi ishtirok etdi. So'rovda qatnashganlarning 82 foizi Korreaning qizil kartochkasini adolatsiz deb hisoblagan, faqatgina 18 foiz foydalanuvchi hakam qaroriga rozi bo'lgan.