Yan Oblak derbi haqida fikr bildirdi. Darvozabon Korreaning chetlatilishini adolatli deb hisoblamaydi. Darvozabon hakamlarga qulaylik yaratish maqsadida o'yinlarni darhol o'n kishi bilan boshlashni taklif qildi.
"Oxirgi besh derbida bizda qizil kartochkalar bor. Balki keyingi o'yinni darhol o'n kishi bilan boshlagan ma'quldir", - dedi Oblak.
Qizig'i shundaki, "Atletiko" "Real" bilan oxirgi uchta uchrashuvda qizil kartochka olgan. Avvalroq hakamlarni Diego Simeone tanqid qilgandi.