"Atletiko" ustozi Diego Simeone "matraschilar" bosh murabbiyi sifatida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha afsonaviy murabbiy Luis Aragonesning rekordini takrorladi.
Argentinalik mutaxassis o'z jamoasini La Liganing 23-turidan o'rin olgan “Real”ga qarshi o'yinga olib chiqdi. Bu o'yin uning "Atletiko" bosh murabbiyi sifatida barcha musobaqalardagi 612-o'yini bo'ldi.
Simeone 611 o'yinda 358 g'alaba, 142 durang va 111 mag'lubiyat qayd etgan.
Aragones "Atletiko" bilan 612 o'yin o'tkazgan, uning jamoasi 308 g'alaba qozongan, 135 durang va 169 marta mag'lub bo'lgan.