"Real" hujumchisi Vinisius Junior yozda yangi raqamni olishni ko'zlamoqda. Xususan, u 7-raqamli futbolkada to'p tepishni istamoqda. Braziliyalik futbolchi ayni paytda 20-raqam ostida o'yinlarda ishtirok etmoqda.
Ammo bir muammo bor. Hozirda 7-raqam Eden Azarga tegishli. Bu raqam bo'shashi uchun belgiyalik futbolchi "Madrid"ni tark etishi zarur bo'ladi.
«Real» safida 7-raqamli futbolkada o'z vaqtida Raymon Kopa, Amansio Amaro, Xuanito, Emilio Butrageno, Raul va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar to'p tepgan.