"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Kazemiro Vinisius Juniorning maydonda ham, undan tashqarida ham futbolga bo'lgan munosabatiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 30 yoshli braziliyalik hamyurtiga uyda mashg'ulot o'tkazish, o'yinlardan keyin tiklanish va o'z imkoniyatlari chegarasida ishlash muhimligini tushunishga yordam bergan.
Kazemiro va Vinisius 2018 yildan 2022 yilgacha “qaymoqranglilar”da birga o'ynashgan, 2022 yilning avgustida himoyachi yarim himoyachi “Manchester Yunayted”ga 60+10 million evroga sotilgan.