"Real Madrid" yarim himoyachisi Vinisius Junior Chempionlar ligasida 5-6 sovrin yutish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
“Men bu erda uzoq vaqt qolish va g'alaba qozonishda davom etish niyatidaman. Maqsadim – Chempionlar ligasi kubogini 5-6 marta yutish”, - deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Vinisius Chempionlar ligasida allaqachon bitta g'alabaga erishgan. O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi Parijda "Liverpul"ga qarshi finalda g'alaba to'pini kiritib, "Real Madrid"ga yordam bergan edi.