"Real" darvozaboni Tibo Kurtua 2011 yildan 2014 yilgacha ijara asosida o'ynagan "Atletiko" bilan munosabatlari haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, o'shanda belgiyalik Londonning "Chelsi"siga tegishli edi.
"Men "Atletiko"da uch mavsum o'tkazdim, bu yillar faoliyatimda juda muhim edi, ammo hozir men sayyoradagi eng yaxshi jamoadaman. Men har doim "Atletiko"ga eng yaxshi tilaklarimni aytaman", dedi Kurtua Diario AS nashriga.