Kataloniyalik yarim himoyachilar Pedri va Usmon Dembele Ispaniya chempionati doirasida 2 mart kuni bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishlari kutilmoqda.
Avvalroq, Pedri va Dembelening "Real" bilan o'yinda ishtirok etishi katta savol edi, chunki ikkala futbolchi ham anchagina yoqimsiz jarohatlar olishgan. Ammo Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Pedri va Dembele tiklanish jadvalidan oldinda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" ayni damda La Ligada chempionlik poygasida "Real"dan 8 ochkoga ilgarilab, peshqadamlik qilmoqda. Jamoa oxirgi marta 2018/19 yilgi mavsumda Ispaniya chempioniga aylangandi.