"Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lrente La Liganing 23-turida "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Atletiko" har doim barcha sovrinlar uchun kurashadi, ammo "Real" ustidan qozonilgan g'alaba mavsumni saqlab qola olmaydi deb o'ylayman. Albatta, bu muhim o'yin, g'alaba bizga Chempionlar Ligasi zonasida qolish imkonini beradi", - dedi Lorente DAZN bilan suhbatda.
Joriy mavsumda 28 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 22ta o'yinda qatnashib, 3ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Atletiko" va "Real" uchrashuvi ertaga, 25 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan 22:30 ga belgilangan. Lrente jarohati sabab jangni o'tkazib yuborishi avvalroq xabar qilingandi.