Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
UEFA rasmiy sayti joriy hafta Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun muxlislar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish natijalarini e'lon qildi. G'alabani 22 yoshli Vinisius qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, 21 fevral kuni Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida mehmonda "Liverpul"ni mag'lub etgandi (5:2). Braziliyalik vinger bu o'yinda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Real" va "Liverpul" o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 mart kuni bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan.