"Real" himoyachisi David Alaba Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Liverpul»ga qarshi bahsning birinchi taymi o'rtasidagi zaxiraga olingandi.
Futbolchining o'ng oyog'i son qismidagi mushagi jarohatlangani tasdiqlandi. Uning tiklanishi uchun taxminan bir oy vaqt talab etiladi.
Hujumchi Rodrigo ham «Enfild»dagi o'yinni muddatidan avval tark etgandi. U chap oyog'idagi mushagidan jarohat oldi. Uning sog'ayishi uchun 10 kun etarli bo'ladi.
Ushbu futbolchilar "Atletiko" va "Barselona"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishadi.