"Chelsi"ga yangi kelgan Entso Fernandesning kelajagi butunlay boshqacha tarzda kechishi mumkin edi.
Yanvar oyida argentinalik futbolchi Lissabonning “Benfika” klubidan 121 million evro evaziga “Stemford Bridj”ga ko'chib o'tdi va Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.
Biroq, jurnalist David Ornshteynning fikricha, argentinalik futbolchi yozda unga qiziqish bildirgan "Real" yoki "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin edi. Biroq 22 yoshli Fernandes kutib o'tirmay “Chelsi”ga o'tdi.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyida Entso Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni va turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga muvaffaq bo'lgandi.