"Nyukasl" hujumchisi Kallum Uilson "Liverpul"ning so'nggi o'yinlari haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari chempionatdagi ketma-ket ikki g'alabadan so'ng, Chempionlar ligasi ⅛ finalining birinchi o'yinida o'z maydonida "Real"ga mag'lub bo'lgandi (2:5).
“Men “Liverpul”ni yaxshiroq formaga qaytgan deb o'ylamayman. Ular so'nggi bir necha hafta ichida faqat ikkita o'yinda g'alaba qozonishdi. Biz ularga g'alaba qozonishimizga imkon berdik, chunki biz yomon o'ynadik", - dedi Uilson Chronicle Live bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, “Nyukasl” o'tgan haftada o'z maydonida “Liverpul”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.