"Real"ning kiyinish xonasida joriy mavsumda zaxirada o'ynashda davom etayotgan himoyachi Nacho Fernandes qo'llab-quvvatlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Xorxe Pikonning so'zlariga ko'ra, Nachoning hamkorlari uni ko'proq asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiq deb hisoblashadi.
Ayni damda Fernandesning "Santyago Bernabeu"dagi kelajagi noaniq. Mavsum oxirida futbolchining shartnomasi tugaydi, Nacho hozirgi sharoitda uni uzaytirishni istamaydi. Himoyachi jamoada muhimroq rolga ega bo'lishni va tez-tez maydonga tushishni xohlaydi.
Joriy mavsumda Nacho Ispaniya La Ligasida 13ta o'yinda maydonga tushdi.