Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stiv Makmanaman Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi o'yinida "Liverpul"ning "Real"dan (2:5) uchralgan mag'lubiyati haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menimcha, natija allaqachon hammaga ayon. "Liverpul" parchalanib ketdi. "Enfild"da 2:0 hisobida g'alaba qozonish va beshta gol o'tkazib yuborish... Goldagi xatolar - bu futbolchilar uchun dahshatli film. Ular bu lahzalarni alam bilan eslashadi", - dedi Makmanaman BT Sport bilan suhbatda.
"Liverpul" va "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 mart kuni bo'lib o'tadi.