"Real" himoyachisi Nacho Fernandes o'zining kelajagi haqida fikr bildirdi. 33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"Real" menga agar xohlasam, shartnomamni uzaytirishim va qolishim mumkinligini aytdi. Lekin nima qilishimni hali hal qilmaganman.
Mavsum boshida o'zimni juda yomon his qildim. Kelajagim haqida oilam bilan birgalikda qaror qabul qilaman" - dedi Nacho El Partidazo de COPE bilan suhbatda.
Nacho Fernandes butun faoliyatini "Real"da o'tkazdi. 2022/2023 yilgi mavsumda himoyachi 25 ta o'yinda maydonga tushdi.