«Real» klubi evrokuboklar doirasida «Enfild» stadionida «Liverpul» darvozasiga 5 ta gol urgan ilk jamoaga aylandi. Bu haqda "Opta Sports" xabar tarqatdi.
"Qirollik klubi" Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi dastlabki o'yinida mersisaydliklarni 5:2 hisobida mag'lub etdi. Ma'lumotlarga qaraganda, "qizillar" shu paytgacha evrokubok bahsida o'z maydonlarida hattoki 4 ta gol ham o'tkazmagan edi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi jahvob bahsi 15 mart kuni Madridda o'tkaziladi.