Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi o'yinida “Liverpul” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. “Qirollik” klubi safarda 5:2 hisobida zafar quchdi.
“Men birinchi marta “Enfild”da o'ynadim. Mahalliy muxlislarning Modrich va Benzemani olqishlashi bu odamlar buyuk futbolchi bo'lgan yigitlarni qanday qadrlashni bilishlaridan dalolat beradi", - dedi Kurtua UEFA matbuot xizmatiga.
"Real" va "Liverpul" o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 mart kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.