"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:2) uning jamoasi ajoyib ekanligini aytdi.
"Bunday g'alabalarni qo'lga kiritish oson emas, ayniqsa dahshatli boshlangan o'yin bo'lsa. Lekin biz hech qachon o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmadik va to'pni asta-sekin nazorat ostiga oldik. Umuman olganda, bu jamoamiz uchun ajoyib o'yin bo'ldi" - dedi Anchelotti.