«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining Evropa chempionlar ligasi chorak finalga chiqish imkoniyatini baholadi. Mersisaydliklar kecha o'z uylarida 2:5 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
«Karlo Anchelotti barchasi hal bo'ldi, deya hisoblamoqda. Ochig'ini aytsam, ayni paytda men ham shunday fikrdaman.
Ammo javob bahsigacha hali 3 hafta vaqt bor va barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Biz Madridga g'alabani ko'zlab tashrif buyuramiz. Hozircha aytadigan gapim shu», — dedi Klopp UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.