«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Evroap chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Liverpul»ga qarshi o'yinda yo'l qo'ygan qo'pol xatosi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Raqibning ikkinchi golida omadsizlikka uchradim. To'pni nazorat qilayotgandim va darhol pas berishni niyat qilgandim. Ammo keyin Salohning to'xtab qolganini ko'rdim va to'pni o'ng oyog'imga to'g'irlab olishga harakat qildim. Ammo to'p tizzamga tegib, mendan uzoqlashdi», — dedi Kurtua.