"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatidagi eng qiyin raqib kim bo'lganligi haqidagi savolga javob berdi.
“Faoliyatimdagi eng qiyin raqib? Andres Inesta. Unga qarshi himoyalanish juda qiyin edi. U to'p bilan nihoyatda yaxshi harakatlanadi. Men Angliyada Frenk Lempard va Stiven Jerrardga qarshi o'ynaganman, biroq Inesta boshqacha edi”, — dedi Modrich.
37 yoshli Luka Modrich 2012 yilning yozi oxirida "Tottenxem"dan "Real"ga o'tgandi. Xorvatiyalikning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Andres Instaga kelsak, u hozirda Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasida o'ynamoqda.