Avvalroq "Napoli" klubini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites klubni Chempionlar ligasining joriy mavsum favoriti deb hisoblayotgani haqida xabar berilgan edi. Uning fikricha, "Napoli" kubokni qo'lga kiritishi mumkin.
Xuddi shunday fikrni Italiyaning "Milan" va "Sampdoriya" klublarining sobiq futbolchisi, Luchano Spaletti jamoasining joriy mavsumdagi o'yinlaridan hayratda qolgan afsonaviy Rud Gullit ham ma'lum qiladi. U hatto "Real" va "Bavariya" fonida ham unga ustunlik beradi.
"Real"mi yoki "Bavariya"? Yo'q, Chempionlar ligasi favoriti - "Napoli", - dedi Gullit La Gazzetta Dello Sport bilan suhbatda.