«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Vinisius Juniorni dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiritdi.
«Junior har qanday joyda o'ynashni yaxshi ko'radi, lekin, ayniqsa, «Enfild» kabi stadionlarda u boshqacha formaga kiradi.
Uning o'yinini tomosha qilish nafaqat «Real Madrid» muxlislari, balki barcha futbol muxlislari uchun zavq bag'ishlaydi.
Vinisius juda kuchli texnikaga ega, u Mbappe va Xoland darajasida o'ynay oladi», - deydi italiyalik mutaxassis.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida braziliyalik hujumchi 21 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Real Madrid»ning «Liverpul»ga qarshi birinchi o'yini bugun «Enfild»da bo'lib o'tadi.