«Barselona» yarim himoyachisi Rafinya o'ziga qaysi jamoalar yoqishini aytib o'tdi.
«Hech qachon «Real»da o'ynamagan bo'lardim. Ispaniyada menga «Barselona» yoqadi, xorij jamoalarida esa «PSJ» va «Arsenal».
Messi bilan birga o'ynashni istarmidim? Albatta, u "Barsa"ga qaytib, biz bilan birga o'ynashini xohlardim», — dedi Rafinya "Onefootball" nashriga bergan intervyusida.
Rafinya 2022 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilga qaar mo'ljallangan.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 21ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 4 gol va 4 assist yozib qo'ydi.