«Real Madrid» klubi mavsumning hal qiluvchi pallasida ketma-ket g'alabalar bilan ochkolar yig'ishni boshladi. Yanvar oyida jamoani qiyin taqvim kutayotgan edi, ammo "Real" qatorasiga 6 ta o'ynni g'alaba bilan tugatdi. La ligadagi 4 uchrashuvda 7 ta gol urib, birorta ham gol o'tkazib yubormadi.
Shanba oqshomida "qirollik klubi" "Osasuna" ga qarshi maydonga tushdi. O'yin qiyin kechgan bo'lsada, "Real Madrid" DNKsidagi g'alaba instinktini ishga soldi va yakunda 2-0 hisobida bahsni o'z foydasiga hal qildi.
Jamoani oldinda "olovli" 8 kun kutib turibdi:
22 fevral - "Liverpul"
26 fevral - "Atletiko Madrid"
1 mart - "Barsalona".