Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Chempionlar ligasining 1/8 finali birinchi o'yinida "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, "Enfild"dagi o'yin ertaga tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
"Men "Liverpul" jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'qnashuvlar uchun "Real"dan qasos olmoqchi ekanini tushunaman, bu normal holat. Shunday bo'lsa-da, biz tayyor bo'lamiz", - dedi Modrich Mirror Football bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" o'tgan mavsumda Chempionlar ligasi finalida "Real"ga mag'lub bo'lgandi. "Mersisaydliklar" 2018 yilgi turnirning hal qiluvchi bahsida ham “qirollik klubi”ga imkoniyatni boy berishgan. Umuman olganda, "Liverpul" "Real"ga qarshi so'nggi 6 o'yinda bitta ham g'alaba qozona olmagan.