Bilbaoning «Atletik» klubi himoyachisi Emerik Laport «Barselona»ga rad javobini berdi. Valverde o'zining sobiq shogirdini Kataloniyaga olib kelmoqchi bo'lgandi.
Don Balon tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashni istamadi. Yosh o'yinchi «Real» safida to'p surishni orzu qilmoqda. Zidan esa uni o'z jamoasiga qo'shib olishni xohlamoqda.
Emerik Laport ushbu mavsumda 3ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchining «Atletik» bilan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi.