“Barsa” hujumchisi Robert Levandovski "Kadis"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda bitta gol muallifiga aylandi. Polshalik futbolchi La Ligadagi dastlabki 19 ta o'yinida 15 ta gol urishga erishdi.
XXI asrda faqat Krishtianu Ronaldu 15 ta golni polshalikdan tezroq urgan (17 ta o'yinda). 34 yoshli forvard “Barselona” safida barcha musobaqalar doirasida 29 o'yin o'tkazib, 24 ta golga muallif bo'ldi.