Shanba oqshomida Ispaniya La Ligasida “Osasuna” hamda “Real Madrid” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ikkinchi bo'limda tribunadan madridliklar hujumchisi Rodrigo tomon sendvich uloqtirildi. Yaxshiyamki, taom hech bir futbolchiga tegmagan, deb xabar beradi GOAL portali.
Uchrashuv bosh hakami protokolda maydonga begona jism tashlangan epizodni qayd etdi. Endi, "Osasuna" jazolanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi safarda “Osasuna”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Karlo Anchelotti shogirdlari La Liga peshqadami “Barselona” bilan oradagi farqni 5 ochkoga qisqartirdi. Biroq kataloniyaliklar hali turdagi o'yinlarini o'tkazmagan.