"Napoli"ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratseliya ko'plab Evropa gigantlarining nishonida turibdi. 22 yoshli gruziyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar orasida "Real" ham bor. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xvicha Kvaratsxeliya juda qimmatga tushadi. Agar "Napoli" gruziyalik futbolchini sotsa, u holda 100 million evrodan ko'proq pul haqida gap ketmoqda. "Real" esa buncha mablag'ni to'lash niyati emas.
Xvicha Kvarattseliya “Napoli”da ajoyib harakat qilmoqda. Italiya klubi safida 24 ta rasmiy o'yinda gruziyalik futbolchi 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani hamkorlariga taqdim etdi.