Tibo Kurtua "Real"ning "Osasuna" ustidan qozonilgan g'alabasidan (2:0) keyin Vinisius Juniorni qo'llab-quvvatladi.
Kecha La Liga doirasida bo'lib o'tgan "Real" - "Osasuna" uchrashuvi oldidan Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi. Uning davomida muxlislardan biri “Vinisius fohishaning o'g'li” deb baqirdi. Bu vaqtda boshqa barcha muxlislar jim turishdi.
"Uni bir daqiqalik sukutda "fohishaning o'g'li" deb haqorat qilishdi, shuningdek, muxlismlar unga "Vinisius, o'l" deb kuylashdi. Tribunalarda ota-onalar va bolalar unga o'rta barmoqni ko'rsatishadi.
Viniga qarashni to'xtatish vaqti keldi. Bu stadionda o'ynash yoqimli, lekin sodir bo'lganlarning hammasi bema'nilik", - dedi "Real" darvozaboni.