La Liga o'yinida Vinisius Junior yana haqoratlandi.
“Osasuna” – “Real” (0:2) o'yini oldidan Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzila qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash chog'ida muxlislardan biri “Vinisius fohishaning o'g'li” deb hayqirdi. Bu vaqtda boshqa barcha muxlislar jim turishdi.
Vinisius bunga ijtimoiy tarmoqlarda shunday munosabat bildirdi: “Haqoratlar davom etmoqda... Lekin raqslar ham... “Liverpul”ga qarshi o'yinda ko'rishguncha. Hala Madrid!-"deb post qoldirdi.
Qayd etilishicha, tribunalarga braziliyalik futbolchini qo'llab-quvvatlovchi “Raqsga tush, Vinni, raqsga tush” degan banner o'rnatilgan.