La Liga doirasida "Real" - "Osasuna" (2:0) o'yinida Vinisius Junior hakamni haqorat qildi.
33-daqiqada "Osasuna" yarim himoyachisi MoYses Gomes qanotda Vinisiusga qarshi qo'pol o'ynadi, biroq bosh hakam Xose MunuEra Montero bu epizodga munosabat bildirmadi. Braziliyalik futbolchi hakamning bu qaroridan g'azablandi va u hakamni onasidan so'kdi.
E'tiborga molik tomoni shundaki, Montero so'kish uchun Vinisiusni jazolamagan.
Uchrashuv oldidan bir daqiqalik sukut saqlagan paytda Vinisiusni “Osasuna” muxlislaridan biri “fohishaning o'g'li” deb haqorat qildi.