"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk APLning 24-turida "Nyukasl"ga qarshi kechgan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz g'alaba qozondik va bu mavsumda faqat bir marta mag'lub bo'lgan qiyin raqibga qarshi darvozani "yopib" qo'ydik. Men bu natijadan juda mamnunman. Men jamoa bilan faxrlanaman.
Bu mavsum biz uchun juda qiyin bo'ladi. Ko'p gol o'tkazib yubordik, ammo futbolda shunday bo'ladi. Endi "Liverpul" avvalgidek "Real" bilan uchrashuvga imkon qadar ko'proq tayyorgarlik ko'radi", - dedi niderlandiyalik futbolchi BBC Sport bilan suhbatda.
"Liverpul" - "Real" uchrashuvi 21 fevral seshanba kuni "Enfild"da bo'lib o'tadi.