“Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya chempionati doirasidagi “Osasuna”ga (2:0) qarshi o'yinda gol urdi.
Shu tariqa, joriy mavsum urugvaylik futbolchi 12 ta gol urishga ulgurdi. Valverde so'nggi 10 yil ichida Madriddagi mavsumning eng sermahsul ikkinchi yarim himoyachisiga aylandi.
U 2014/15 yilgi mavsumda 17 ta gol urgan kolumbiyalik Xames Rodrigesdan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.