«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan «Osasuna»ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni birinchi bo'limda namoyish eta olganimizda, uchrashuv taqdirini ertaroq hal qilgan bo'lardik. Ammo menga jamoaning jipsligi yoqdi. La ligada g'oliblik uchun kurashda qolayotganimiz muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun stadionni xursand holda tark etamiz.
Tarkib borasida muammolar chekinmoqda. Bizda Tchuameni bilan bog'liq muammo bor edi. Kroos mashg'ulotlarga qaytdi. Benzema seshanbaga qadar tiklanishga ulguradi. Shuning uchun "Liverpul"ga qarshi o'yinga yaxshi dinamika va o'zimizga ishongan holda kelamiz», — dedi Anchelotti.