Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni gripp tufayli La Liga 22-turidan o'rin olgan “Osasuna”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, deb xabar beradi klub sayti.
Futbolchi jamoa bilan Pamplonaga bormaydi, o'rniga Mario Martinning o'yini qaydnomasiga kiritilgan. Uchrashuv bugun, 18 fevral kuni bo'lib o'tadi.
23 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda “Real” safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.