Madridning «Real» klubi yarim himoyachilari Federiko Valverde va Eduardo Kamavinga bugun Ispaniya chempionati doirasidagi «Osasuna»ga qarshi safar uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.
Marca xabariga ko'ra, «qirollik klubi» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Enfild»da «Liverpul»ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1⅛ finali birinchi o'yini oldidan futbolchilarga dam berishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, so'nggi o'yinlarda Valverde va Kamavinga doimiy ravishda «Real Madrid»ning asosiy tarkibida o'ynashdi.
Eduardo ba'zan chap qanot himoyachisi sifatida harakat qilishga majbur bo'ldi, ammo David Alaba qaytganidan keyin bu ehtiyoj yo'qoldi.
Hozirda La Liga turnir jadvalida «Real» va «Barselona» o'rtasidagi farq sezilarli darajaga etgan.