"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi hali "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasining ⅛ finali birinchi o'yini haqida o'ylamayotganini aytdi. "Qaymoqranglilar" bor e'tiborlarini Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tadigan "Osasuna" bilan navbatdagi uchrashuvga qaratishgan.
"Liverpul"? Ayni damda bu o'yin haqida o'ylamayapmiz. Biz bor e'tiborimizni Ligada “Osasuna”ga qarshi navbatdagi o'yinga qaratganmiz va biz uch ochko olishni istaymiz”, dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Real"ning peshqadam "Barselona"dan ortda qolgani 8 ochko. "Qirollik klubi"ning "Liverpul"ga qarshi birinchi o'yini 21 fevral kuni "Enfild"da, javob uchrashuvi esa 15 mart kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.