«Real» hujumchisi Garet Beyl 2017/18 yilgi mavsumda jamoaning rejalari borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Mavsumni juda yaxshi — 2ta sovrin bilan boshladik. Lekin mavsum bu bilan tugab qolmaydi. Biz barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz. Chempionlar ligasida ketma-ket 3 marta g'olib chiqqan jamoaga aylanish — jamoa va men uchun ajoyib motivatsiya.
«Real» safidagi har bir gol o'ziga xos ahamiyatga ega, ammo men finalda gol urishni istardim», — dedi 28 yoshli futbolchi.