Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalotning shartnoma holatini kuzatib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, "mankunianliklar" yaqinda avtomatik uzaytirish variantidan foydalangan va portugaliyalikni 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha jamoada qoldirgan edi.
Biroq, rahbariyat futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma borasida haligacha kelisha olmadi. AS nashri xabariga ko'ra, "Real" vaziyatni faol kuzatib bormoqda va Dalotni o'z safiga jalb qilishga tayyor bo'ladi.
Diogu 2024 yilning yozida tekinga "Santyago Bernabeu"ga o'tishi mumkin, ammo keyingi mavsum boshlanishidan oldin "Real" portugaliyalik futbolchini "Manchester Yunayted"dan sotib olishi inkor etib bo'lmaydi.