"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "qirollik klubi"ning safarda "Osasuna" bilan bo'ladigan La Liganing navbatdagi turida tiklanishga ulgurmasa kerak.
Marca nashri xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchining oshqozonida muammo bor va bugun jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmagan.
Eslatib o'tamiz, Kroos kechagi "Elche" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan, "qirollik klubi" yirik 4:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Mavsum oxirida Kroosning "Real" bilan shartnomasi tugaydi. Yarim himoyachi avvalroq "Santyago Bernabeu"da professional faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini, ammo bu aniq qachon amalga oshishini hozircha bilmasligini aytgandi.