15 yoshli ekvadorlik yarim himoyachi Kendri Paezga Evropadan yana bir da'vogar paydo bo'ldi. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, iqtidorli yarim himoyachi "Manchester Yunayted" qiziqish doirasiga tushib qolgan.
Kendri Janubiy Amerikadagi eng istiqbolli futbolchilardan biri sanaladi. Uning xizmatlariga “qizil iblislar”dan tashqari “Real” va Londonning “Chelsi” klublari qiziqish bildirmoqda.
Paez Ekvador U-17 terma jamoasi a'zosi. U uchta o'yinda qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining huquqlari "Independiente del Valle"ga tegishli.