«Bavariya» hujumchisi Leroy Sane, ma'lumotlarga qaraganda, o'z xizmatlarini «Real»ga taklif qildi. Futbolchining jamoani tark etish borasida qaror qilishiga klub bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan munosabatlari yomonlashgani sabab bo'lgani aytilmoqda.
Ispaniyaning "El Nacional" nashri xabar tarqatishicha, Sane yozda Myunxenni tark etishni istamoqda. U doimiy o'yin amaliyotiga bo'lishni xohlamoqda va «Santyago Bernabeu»da bunday imkoniyatiga ega bo'lishiga ishonmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko'ra, Nagelsmann Sanega u qadar yuqori ishonch bildirmayapti va boshqa o'yinchilar xizmatidan foydalanmoqda. Bundan esa Leroy norozi bo'lmoqda. U so'nggi o'yinlarda zaxiraga olingan zahoti jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirib ketmoqda.
O'tgan yilning yozida Saneni «Real»ga taklif qilishgandi, ammo "Qirollik klubi" bu taklifni qabul qilmadi. Ammo Eden Azar jamoani tark etsa, germaniyalik futbolchi Madridga ko'chib o'tishi mumkin.