“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti frantsiyalik hujumchi Karim Benzemaning “qirollik” klubidagi o'rni haqida gapirdi.
“Karim shunchaki hujumchi emas. U jamoadoshlari bilan ajoyib munosabatda. Bu bizning hujumlarimizni yopishga va to'pga egalik qilishda yordam berishga doim tayyor bo'lgan hujumchi. Benzema ajoyib futbol karerasiga ega. Men u xuddi shu ruhda davom etishini xohlayman. Hamma buni xohlaydi", - deydi italiyalik murabbiy.
“Real” kecha “Elche”ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda Benzema ikkita gol urdi.
35 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda La Liganing 13 ta o'yinida maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.